Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga mulk huquqi nega berilmayapti?

O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga mulk huquqi nega berilmayapti?

Foto: «protoday.uz»

2018-yilning 20-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida»gi farmoni imzolangandi.

Bu hujjat bilan minglab yurtdoshlarimizni qiynab kelayotgan masala  — noqonuniy qurilgan uy joylarga bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida mulk huquqi berish imkoniyati taqdim etildi.

Mazkur farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga ko‘ra, ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida ko‘chmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish tartibi belgilangan hamda mazkur aksiyaning  2019-yil 1-mayga qadar davom etishi belgilangan.

Qarorning 3-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari bir hafta muddatda 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tarkibda ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) komissiyalarini tuzishi qat’iy belgilangan.

«Xabar.uz»ga xabar berishlaricha, faqatgina Toshkent shahrida 2018-yil 27-iyul holati bo‘yicha qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan yakka tartibdagi uy-joyiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish uchun Davlat xizmatlari markazlariga fuqarolardan 800ga yaqin arizalar kelib tushgan.

Vazirlar Mahkamasining 461-son qarori 2018-yil 21-iyunda imzolanganiga qaramasdan, Toshkent shahrining Bektemir, Mirobod, Olmazor, Sergeli, Chilonzor, Yunusobod, Yakkasaroy va Yashnobod tuman hokimliklarida hanuzgacha Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari ishi tashkil etilmagan. Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi qo‘pol ravishda buzlayotganligi, qolaversa, ularning ovoragarchiligiga hamda yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga ishonch yo‘qolishiga sabab bo‘lmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring