Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zboshimchalik bilan qurilgan uylar masalasi televideniyeda muhokama etiladi

O‘zboshimchalik bilan qurilgan uylar masalasi televideniyeda muhokama etiladi

Foto: «protoday.uz»

Bugun «O‘zbekiston» telekanali orqali «Munosabat» tok-shousi efirga uzatiladi.

Ko‘rsatuv ijodkorlarining «Xabar.uz»ga xabar qilishlaricha, bugungi mavzu — o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootlarga mulk huquqini berish borasidagi hujjatlar ijrosini ta’minlash masalasi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida «Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida»gi Prezident farmoni qabul qilindi. Farmon bilan fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi e’lon qilingan.

Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga mulk huquqi berish haqida Hukumat qarori qabul qilindi. Ko‘rsatuvda ana shu hujjatlar ijrosi qanday tartibda olib borilishi haqida ma’lumotlar beriladi.

Ushbu mavzuda o‘zingizni qiziqtirgan savol va mulohazalarni «Telegram» tarmog‘idagi «munosabattokshou» manziliga yuborishingiz mumkin.

Ko‘rsatuv bugun, soat 18:00da to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etiladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring