Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zkimyosanoat» AJga yangi rahbar tayinlandi

«O‘zkimyosanoat» AJga yangi rahbar tayinlandi

Jo‘rabek Mirzamahmudov

Foto: Uzatom

«O‘zkimyosanoat» AJ rahbar kadrlarini lavozimlarga tasdiqlash to‘g‘risida» Hukumat qarori (51-son, 30.01.2020-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajarish energetika vazirining birinchi o‘rinbosari – «O‘zatom» agentligi bosh direktori Jo‘rabek Tursunpo‘latovich Mirzamahmudovga yuklatildi.

Shuningdek, «O‘zkimyosanoat» AJ aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining navbatdan tashqari majlisida:

«O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisi Odil Shukurovich Temirovni egallab turgan lavozimidan  ozod etib, ushbu jamiyat boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash;

«O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Aleksandrovich Korjikovni egallab turgan lavozimidan  ozod etib, ushbu jamiyat boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash;

«O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari Shavkat Radjabaliyevich Nabiyevni boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring