Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiya va nafaqalarni tayinlashda yashash joyidan ma’lumotnoma talab qilinmaydigan bo‘ldi

Pensiya va nafaqalarni tayinlashda yashash joyidan ma’lumotnoma talab qilinmaydigan bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 2282-6, 17.06.2019-y.) Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, farzandi tug‘ilganligi munosabati bilan bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tayinlashni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan shaxslardan mehnat daftarchasining nusxasi va yashash joyidan ma’lumotnoma talab qilinmaydi.

Shuningdek, yoshga doir pensiya va nafaqalarni, nogironlik pensiyasini, dafn etishga bir martalik nafaqa tayinlashda yashash joyidan ma’lumotnoma talab qilinmaydi.

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash yig‘majildida O‘lim to‘g‘risida guvohnomaning asli o‘rniga nusxasini taqdim etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring