Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Po‘lat Saidqosimovning ahvoli og‘ir. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda

Po‘lat Saidqosimovning ahvoli og‘ir. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda

Foto: «Darakchi»

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida filmga tushayotgan taniqli aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimovning to‘satdan tobi qochib qolgani, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib, Toshkent shahriga Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markaziga olib borilgani xabar qilingandi.

«O‘zA»ning ma’lum qilishicha, bemorni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markazi bosh direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor A.Xadjibayev ko‘rikdan o‘tkazib, operatsiya amaliyotini amalga oshirgan. Operatsiya juda murakkab kechgani sababli uning davomiyligi 6 soat davom etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Po‘lat Saidqosimovning ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Hozirda bemor Toshkent shahriga Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markazining jonlantirish bo‘limida yotibdi. Malakali shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring