Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident farmoni bilan 2019 yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

Prezident farmoni bilan 2019 yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

Foto: «Zakon.kz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bugun, 12 noyabr kuni «2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, 2019 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:

- 2 yanvar – chorshanba;

- 22 mart – juma;

- 2 sentyabr – dushanba.

Shuningdek, 2019 yilda quyidagi dam olish kunlari ko‘chiriladi:

- 5 yanvar – shanba 3 yanvar – payshanbaga;

- 1 iyun – shanba 6 iyun – payshanbaga;

- 7 sentyabr – shanba 3 sentyabr – seshanbaga;

- 28 dekabr – shanba 31 dekabr – seshanbaga.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring