Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident kecha aytgandi, bugun ijrosi ta’minlandi (foto)

Prezident kecha aytgandi, bugun ijrosi ta’minlandi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 29-iyun kuni Olmazor tumaniga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston karlar jamiyatining Kar-soqovlar madaniyat markazidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishgan edi. Jamiyat a’zolari bilan suhbatlashib, ularning yashash sharoitlari, orzu-istaklarini so‘ragan edi.

Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonovning aytishicha, Mirziyoyev o‘tgan yillarda mavjud bo‘lgan og‘ir sharoitlarga qaramay, sabr-matonat bilan o‘z ustida ishlab, katta muvaffaqiyatlarga erishgan yoshlarga minnatdorlik bildirdi. Shaxmat bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Sirojiddin Zayniddinov, taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati sovrindori Davron Xidirov, postanovkachi rejissyor, xalqaro tanlovlar g‘olibi Oleg Oshepkovga Toshkent shahridan uy ajratishga topshiriq berdi.

Shuningdek, Kar-soqovlar madaniyat markazi va sport federatsiyasiga ikkita avtobus sovg‘a qilinishini aytgan edi.

Bugun, 1-iyul kuni O‘zbekiston karlar jamiyatining Kar-soqovlar madaniyat markazida ushbu sovg‘alarni topshirish marosimi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlari Nodir Otajonov, Aziz Abduhakimov, Toshkent shahar hokimligi vakillari, madaniyat va san’at namoyandalari ishtirok etdi.

Tantanali bayram dasturi, fayzli dasturxon atrofidagi suhbat jamiyat a’zolariga katta xursandchilik bag‘ishladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring