Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident topshirig‘i bilan faoliyati to‘xtatilgan nazorat postlaridan biri yana tiklandi

Prezident topshirig‘i bilan faoliyati to‘xtatilgan nazorat postlaridan biri yana tiklandi

Foto: «Kun.uz»

«Farg‘ona-Vodil», «Farg‘ona-Avval» yo‘llarida avval mavjud bo‘lib, keyinchalik Prezidentning buyrug‘i bilan faoliyati to‘xtatilgan nazorat postlari qayta tiklandi, deb xabar bermoqda «Sof.uz».

Viloyatlar o‘rtasidagi postlarning yo‘q qilinishi haqida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tarixda ilk bor parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasiga ma’lum qilgandi. Bu kabi postlar odamlarning harakatini cheklashi, shuningdek, iqtisodiyot hamda ichki va tashqi turizmning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangandi.

Albatta, postlarni qayta tiklanishini mutasaddilar «xavfsizlik»bilan izohlashadi. Ammo yaqin o‘tmishning achchiq tajribasi shuki, nazorat postlari korrupsiyaning o‘chog‘i aylanib ketishining ehtimoli katta.  

Korrupsiyaning o‘zi katta xavf emasmi, aslida?!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring