Prokuratura faxriylari xotirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.04.2026-yildagi “9-may Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-139-son qarori ijrosi yuzasidan Bosh prokuratura, Toshkent shahar, Transport va Harbiy prokuraturasi tomonidan bir qator tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, joriy yilning 8-may kuni Bosh prokuratura rahbariyati va jamoasi, Toshkent shahar prokuraturasi, Harbiy va Transport prokuraturalari, shuningdek uning huzuridagi faxriylarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash markazi faxriylari, Jamoatchilik kengashi a’zolari bilan birgalikda Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurishdi.
An’anaga muvofiq, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yilib, Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
Ma’lumot o‘rnida 1941-1945-yillarda prokuratura organlarida jami 500 nafar xodim faoliyat yuritib, ularning qariyb 80 foizi yoki 400 nafari urushga jalb qilingan qolgan 100 nafari front ortida mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy masalalariga ayniqsa frontga yetkazilishi lozim bo‘lgan resurslarni ishlab chiqarilishini xolisona ta’minlash, O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilgan voyaga yetmaganlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va boshqa muhim sohalarga jalb qilingan.
Kun tartibining keyingi yo‘nalishida barcha faxriylar va xodimlar birgalikda muqaddam prokuratura tizimida ko‘p yillar mehnat qilgan, ayniqsa Ikkinchi jahon urushi davrida urushda janggohlarida jasorat ko‘rsatgan, shu bilan birga front ortida sadoqat bilan xizmat qilib, qonuniylikni ta’minlagan marhum bir qator prokuratura organlari faxriylari yotgan qabrlar ziyorat qilindi.
Jumladan, dastlab Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan "Minor" qabristonida dafn etilganlar (Mannanov, Usmonov, Inomjonov va boshqalar)ning qabrlari ziyorat qilinib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
Kun tartibining keyingi yo‘nalishida Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan “Chig‘atoy” qabristoniga tashrif buyurilib, shu yerda dafn etilgan faxriylarimiz (Ustaboyev, Rashidov, Ro‘zmetov, Sheraliyev va Mustafoyev va boshqalar) poyiga gullar qo‘yilib, xotiralandi.
Prokuratura rahbariyati tomonidan marhum faxriylarimizning oila a’zolari bilan suhbat qilindi, ularning xol ahvolidan xabar olindi.
Bunday tadbirlar, Respublikamizning boshqa hududlarda ham davom etmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter