Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Propiska joyidan qat’i nazar davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin bo‘ladi

Propiska joyidan qat’i nazar davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin bo‘ladi

Foto: «Xabar.uz»

Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

 Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-iyundan:

  • davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy va yuridik shaxslar istalgan joydagi Davlat xizmatlari markazlaridan (propiska va pochta manzilidan qat’i nazar) murojaat qilishga haqli;
  • davlat xizmatlarini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar Markazlar orqali yoki bevosita xizmat ko‘rsatuvchi organlarga murojaat etganda to‘lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to‘lanadi.

2019-yil 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlari ko‘rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnomalar, soliq to‘lovchining hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida guvohnomalar, to‘langan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risida ma’lumotnomalar talab qilinishi taqiqlanadi.

2019-yil 1-apreldan quyidagi hujjatlarni olish bo‘yicha talablar bekor qilinadi:

  • Eksport kontrakt ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma;
  • Mol so‘yishni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi;
  • Yer qa’ri uchastkasidan foydalanishda buzilgan yerlar qayta tiklanganligini haqida xulosa;
  • Voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan dori vositalari reklama qilishga ruxsatnoma:
  • Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qiladigan tadbirkorlik sub’yektlarining savdo ob’yektlari joylashuvi;
  • Yerlarning barcha toifalarida geologik-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa turdagi qidiruv ishlarini olib borishga ruxsatnoma.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring