Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qanday holatlarda bir oylik harbiy xizmat puli qaytariladi?

Qanday holatlarda bir oylik harbiy xizmat puli qaytariladi?

Foto: «Xabar.uz»

Fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatiga to‘langan pulni qaytarish tartibi o‘zgartirildi. Bu haqda Adliya vazirligi «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Hukumat qarori (VMQ-267, 05.04.2018-y.) qabul qilindi.

O‘zgartirishga asosan, pul badallarini to‘lagan, biroq harbiy yig‘inlardan o‘tmagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisiga to‘langan mablag‘lar, agarda u harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganda va unga tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan 27 yoshgacha I, II yoki III guruh nogironligi berilgan holatda belgilangan tartibda qaytarib beriladi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi vafot etgan taqdirda to‘langan pul badallari uning yaqin qarindoshiga, merosxo‘riga, vasiysiga yoki homiysiga qaytariladi.

Buning uchun TMEK xulosasining nusxasi (vafot etgan taqdirda guvohnoma nusxasi) va Maxsus hisob raqamiga badallar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi tomonlarning imzolari qo‘yilgan shartnoma nusxasi ilova qilingan holda harbiy hisobga qo‘yilgan joyidagi mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining nomiga to‘langan pul badallarini qaytarish haqida (to‘langan pul summasini ko‘rsatgan holda) ariza berish lozim.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring