Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarshida ulkan bayroq ustuni o‘rnatilmaydi

Qarshida ulkan bayroq ustuni o‘rnatilmaydi

Foto: «Nasafnews»

Qarshi shahrida o‘rnatilishi rejalashtirilgan ulkan bayroq o‘rnatilmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Nasafnews xabar bermoqda.

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida o‘rnatilishi to‘xtatilgan bayroq ustuni qayta bunyod etiladi, degan mazmunda xabarlar tarqalgandi.

Bunga munosabat tarzida Qarshi shahrida o‘rnatiladigan bayroq ustunining qurilish ishlari Qarshi shahar mahalliy budjetining 2021-yilning 3-chorak yakuni bo‘yicha daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan ajratilgan mablag‘lar hamda homiylik yordami hisobiga davom ettirilishi xabar berilgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan bu masalaga viloyat hokimi e’tibor qaratib, shahar hokimi bilan kelishgan holda ulkan bayroq ustuni qurilmaydigan bo‘ldi.

Daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan qolgan mablag‘lar ichki yo‘llar ta’miri va kommunal sohalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring