Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda 7-sinf o‘quvchisi turmushga berilayotgani xabariga izoh berildi

Qashqadaryoda 7-sinf o‘quvchisi turmushga berilayotgani xabariga izoh berildi
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda 7-sinf qizning turmushga uzatilayotgani haqida xabar tarqaldi. 
 
Ushbu xabar Qashqadaryo viloyat hokimi o‘rinbosari tomonidan manzilli o‘rganildi, deya ma’lum qilmoqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi vakili Saodat Boymirzayeva.
 
Ma’lum bo‘lishicha, holat Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida bo‘lib, qizchaning ota-onasi va buvisi videodagi holat aslida farzandining tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosim ekanligi to‘g‘risida tushuntirish berib o‘tganlar.
 
Mas’ullar tomonidan D.K ning ota-onasi ayolni turmushga chiqishiga majburlash uchun jinoiy javobgarlik mavjud ekanligi to‘g‘risida ogohlantirildi.
 
Shuningdek, D.K. ning ota-onasi o‘z tushuntirishida videodagi holat to‘y yoki unashtiruv marosimi emasligi va qizini erta turmushga berish niyati yo‘qligi, unga ta’lim berish va shifokor bo‘lib yetishishi niyatida ekanliklarini ma’lum qildi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring