Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida yangi tizim ishga tushiriladi

Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida yangi tizim ishga tushiriladi

Illyustrativ foto

«2026–2030-yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi:

2026-yil 1-oktyabrdan:

  • qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida qon mahsulotlari xavfsizligi va sifatini ta’minlash bo‘yicha barcha texnik va tibbiy jarayonlarni tartibga soluvchi standart operatsion jarayonlar hamda xavfsizlik bayonnomalari joriy qilinadi;
  • «ehtiyoj – qayta ishlash – yetkazish» zanjiri doirasida biznes jarayonlarini boshqarish tizimi joriy etiladi.

2027-yil 1-martdan «Qon mahsulotlari elektron hisobini yuritish» axborot tizimi joriy etiladi.

2026-yil 1-oktyabrdan qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida qon mahsulotlarini majburiy tartibda 2 bosqichli skrining tekshiruvidan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring