Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘qonda ilk harbiylar mahallasi tashkil etildi

Qo‘qonda ilk harbiylar mahallasi tashkil  etildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi  69-harbiy shaharchada katta tantanaga aylangan ochilish marosimi yaqinlarning shirin diydoriyu samimiy gurunglar bilan yodda qoladigan bo‘ldi. Harbiy mahalla ezgu niyat bilan Amir Temur deb nomlandi.

Ayni paytda Amir Temur nomli mahallada 300 dan ziyod harbiy xizmatchilar oilasi istiqomat qilmoqda. E’tiborlisi, davlatimiz rahbari ilgari surgan 5 tashabbus ushbu hududda ham amalyotga tatbiq qilinmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

– Tashabbus doirasida harbiy xizmatchilar oila a’zolarining bandligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda, –  deydi mahalla raisi Bahodir Berdiyev. – Hademay mahallamizda yangi tikuvchilik sexi ish boshlaydi. Maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi esa mahalla  aholisi uchun yana bir qulaylik bo‘ldi.

Hammadan ham bolalarning sevinchi ichiga sig‘mayapti. Boisi endi ular uyi yaqinidagi san’at, sport va kompyuter savodxonligi bo‘yicha to‘garaklarda bilimlarini oshirishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring