Qo‘qonda ilk harbiylar mahallasi tashkil etildi
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi 69-harbiy shaharchada katta tantanaga aylangan ochilish marosimi yaqinlarning shirin diydoriyu samimiy gurunglar bilan yodda qoladigan bo‘ldi. Harbiy mahalla ezgu niyat bilan Amir Temur deb nomlandi.
Ayni paytda Amir Temur nomli mahallada 300 dan ziyod harbiy xizmatchilar oilasi istiqomat qilmoqda. E’tiborlisi, davlatimiz rahbari ilgari surgan 5 tashabbus ushbu hududda ham amalyotga tatbiq qilinmoqda.
– Tashabbus doirasida harbiy xizmatchilar oila a’zolarining bandligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi mahalla raisi Bahodir Berdiyev. – Hademay mahallamizda yangi tikuvchilik sexi ish boshlaydi. Maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi esa mahalla aholisi uchun yana bir qulaylik bo‘ldi.
Hammadan ham bolalarning sevinchi ichiga sig‘mayapti. Boisi endi ular uyi yaqinidagi san’at, sport va kompyuter savodxonligi bo‘yicha to‘garaklarda bilimlarini oshirishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter