Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman! Biometrik pasport o‘rnini ID-karta egallaydi

Rasman! Biometrik pasport o‘rnini ID-karta egallaydi

Foto: Xushnudbek.uz

Prezident farmoniga binoan, 2021-yil 1-yanvardan boshlab shaxsni raqamli identifikatsiya qilishning yagona tizimi joriy qilinmoqda. Unga ko‘ra, biometrik pasportlar o‘rniga O‘zbekiston fuqarosining shaxsini va fuqaroligini tasdiqlaydigan elektron tashuvchi qurilmaga ega hujjat sifatida ID-karta joriy etilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Biometrik pasportlar hamda yashash guvohnomalari ID-kartalarga quyidagi muddatlarda almashtiriladi:

  • Birinchi bosqich - 2021-yil 1-yanvardan 2022-yil 31-dekabrgacha ixtiyoriylik asosida (16 yoshga to‘lganda yoki qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa sabablarga ko‘ra);
  • Ikkinchi bosqich - 2023-yil 1-yanvardan 2029-yil 31-dekabrgacha majburiy tartibda almashtiriladi.

O‘zbekiston fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti 2030-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

ID-kartalarni olish va almashtirish uchun xohlagan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga murojaat qilish mumkin.

Hozirgi biometrik pasportlarni rasmiylashtirish muddati 10 ish kuni bo‘lgan bo‘lsa, ID-kartalarni rasmiylashtirish esa 1 ish kunida amalga oshiriladi.

ID-karta quyidagi muddatlarga beriladi:

  • yangi tug‘ilgan bolaga bir yoshgacha – 2 yil muddatga;
  • bir yoshdan 16 yoshgacha – 5 yil muddatga;
  • 16 yoshdan boshlab – 10 yil muddatga.

ID-kartani rasmiylashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizi, ya’ni 198 ming 470 so‘m (22.09.2020 holatiga) miqdorida to‘lov undiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring