Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Reimbursatsiya dasturi: kimlarga bepul dorilar beriladi? (video)

Toshkent shahridagi Milliy matbuot markazida «Reimbursatsiya dasturi: Davlat tibbiy sug‘urtasi orqali aholiga berilayotgan bepul dori vositalari» mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi Reimbursatsiya dasturini izchil amalga oshirib bormoqda. Ushbu tizim dastlab Sirdaryo viloyatida surunkali kasalliklar bo‘yicha tajriba tariqasida joriy etilgan.

Bugungi kunda Reimbursatsiya tizimi Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Samarqand, Navoiy, Xorazm, Buxoro hamda Qashqadaryo viloyatlarida to‘liq yo‘lga qo‘yilgan. 2025-yil yakuniga qadar dastur doirasida 1 million 314 ming nafar bemor dori vositalari bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, buning uchun dorixonalarga 90, 9 milliard so‘m mablag‘ qoplab berilgan.  

Mazkur loyiha 2022 yilda boshlangan bo‘lib, hududlar kesimida bosqichma-bosqich kengaytirib borilmoqda. Dastur orqali surunkali xastaliklarga chalingan bemorlarga oilaviy shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida dori vositalari bepul beriladi. Barcha xarajatlar Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.

Hozirda dastur doirasida 12 turdagi kasallik qamrab olingan. Ular qatoriga arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning I va II turlari, qandsiz diabet, bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv hamda me’da-ichak tizimi kasalliklari kiradi. Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha 28 turdagi dori vositalari ambulator sharoitda bepul taqdim etilmoqda.

Reimbursatsiya o‘zi nima? 

Aholining sifatli va kafolatlangan dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, kasallik asoratlarini kamaytirish orqali gospitalizatsiya holatlarini qisqartirish hamda tibbiy xizmatlar shaffofligini oshirishga xizmat qiluvchi tizim reimbursatsiya deyiladi.

Shuningdek, oddiy elektron retsept bilan Reimbursatsiya doirasidagi retseptni farqlash muhim. Dastur doirasida rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida dispanser nazoratida bo‘lgan bemorlarga dori vositalari bepul beriladi. Oddiy elektron retseptda esa dori xaridi bemorning o‘z mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring