Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saratonga olib kelishi mumkin: jigardagi yog‘lar nega xavfli?

Saratonga olib kelishi mumkin: jigardagi yog‘lar nega xavfli?

Gastroenterolog Yelena Yakusheva jigar atrofidagi yog‘lardan qanday qutulish haqida gapirdi, deb yozadi aif.ru.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu organda yog‘ zaxiralarining paydo bo‘lishi asosan e’tibordan chetda qoladi. Bu odamning sog‘lig‘iga jiddiy zarar etkazishi mumkin, chunki jigar atrofidagi yog‘lar organning ishlashini qiyinlashtiradi va siroz yoki saratonga olib kelishi mumkin.

«Bunday omillar jigar hujayralari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ularning barcha funksiyalarini to‘liq bajarishiga to‘sqinlik qiladi», dedi shifokor.

Yakushevaning so‘zlariga ko‘ra, jigar atrofidagi ortiqcha yog‘larga qarshi kurashda ikkita harakat yordam berishi mumkin. Avvalo, siz o‘z turmush tarzingizga ko‘proq piyoda yurishni qo‘shib, lift o‘rniga zinapoyaga chiqishingiz yoki oddiygina uyni tozalashingiz kerak. Shuningdek, siz diyetangizni qayta ko‘rib chiqishingiz kerak. Unda meva, sabzavot va donli mahsulotlar bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, dori terapiyasi muammoni hal qilishga yordam beradi, ammo u faqat mutaxassis tomonidan belgilanishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring