Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga tuzatish kiritildi

Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga tuzatish kiritildi

Saylov tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan Konstitutsiya va bir qator qonunlarga tuzatishlar kiritildi, deb xabar berdi «Norma».

Tuzatishlarning ko‘pi Saylov kodeksi kuchga kirganligi bilan bog‘liq va qonun hujjatlarini unga muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan. Xususan, unda quyidagilar aks ettirilgan:

  • og‘ir va o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarning saylov va referendumda ishtirok etish huquqi (JKning 15-moddasi 2-3-qismlari; Saylov kodeksining 5-moddasi 3-qismiga qarang). Shu tariqa, hozirda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslargina faol saylash huquqidan mahrum etilgan (JKning 15-moddasi 4-5-qismlariga qarang);
  • saylov komissiyasining yangilangan vakolatlari (Saylov kodeksining 14202224-moddalariga qarang);
  • saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati yuritilishi (Saylov kodeksining 28-moddasiga qarang);   
  • saylov komissiyasi va referendum o‘tkazish komissiyasi a’zolariga qo‘yiladigan talablar (Saylov kodeksining 25-moddasi 1-qismiga qarang);
  • saylovoldi tashviqotini olib borish qoidalari (Saylov kodeksining 44-48-moddalari);
  • ovoz berishni tashkil qilish va o‘tkazish tartibi – vaqti va joyi, bino va xonalarni rasmiylashtirish talablari, saylov komissiyalari harakati, oldindan ovoz berish mexanizmlari va boshqalar (Saylov kodeksining 49-58-moddalari).

Tuzatishlarning muayyan qismi 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. Ushbu o‘zgartirishlar O‘zbekiston Ekologik harakatini qayta tashkil etish bilan bog‘liq – joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston Ekologik partiyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Shu munosabat bilan Ekologik harakat a’zolari uchun kvotalar hamda Parlament quyi palatasida deputatlar guruhini tashkil etish tartibi bekor qilinadi. 

Qonun «Xalq so‘zi» gazetasida e’lon qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring