Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Alisher Usmonovni «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev Alisher Usmonovni «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirladi

Foto: «Uza.uz»

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-avgust kuni Rossiyaning «USM Holding» aksiyadorlik jamiyati ta’sischisi va rahbari Alisher Burhonovich Usmonovni «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmon matni «O‘zA»da e’lon qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, taniqli hamyurtimiz Alisher Usmonov O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash, mamlakatimizda yirik investitsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ishlariga qo‘shgan katta hissasi, xalqimizning milliy qadriyati va boy tarixiy yodgorliklarini qayta tiklash va asrab-avaylash maqsadida O‘zbekistonda diniy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’yektlarni barpo etish borasidagi faol ishtiroki, Vataniga yoshlar uchun o‘rnak bo‘ladigan darajadagi samimiy muhabbati hamda respublikamizda turizm salohiyatini va sport sohasini rivojlantirishdagi hamkorligi uchun mukofotlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring