Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Ohangaron shahridagi MTMga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Ohangaron shahridagi MTMga tashrif buyurdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ohangaron shahridagi «Qaldirg‘och» davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda davlat rahbarimizning matbuot xizmati. 

1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida foydalanishga topshirilgan ushbu bog‘cha No‘g‘oyqo‘rg‘on mahallasi aholisining og‘irini yengil qildi. Zero, bu yerda tashkil etilgan 4 asosiy va 3 qisqa muddatli guruhlarda 160 dan ziyod bolaga zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya berish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu yerda yozgi o‘yin maydonchasi, cho‘milish havzasi, futbol maydonchasi, sport va musiqa zallari tashkil etilgan, Xonalar rivojlantiruvchi o‘yinlar va ko‘rgazmali vositalar, bolalar o‘z iqtidorini namoyish etishi uchun zarur barcha imkoniyatlar bilan ta’minlangan. Bog‘chada 32 nafar mutaxassis ish bilan ta’minlandi.

Caption

Prezident bog‘chadagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, soha mutasaddilari va tarbiyachilar bilan suhbatlashdi. Mamlakatimiz kelajagini ta’minlaydigan kadrlarni tarbiyalash maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanishi, yangi bog‘chalar qurish va bolalarni qamrab olishni kengaytirish orqali bunga zamin yaratilayotganini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring