Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiyaning g‘arbiy hududlarida yuz bergan tabiiy ofat – kuchli zilzila oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani, ko‘plab fuqarolar jarohat olgani hamda katta talafot ko‘rilgani munosabati bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga ta’ziya yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatlarda shifo topishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 30-oktyabrda Turkiyaning g‘arbiy qismida 6,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila natijasida 12 kishi halok bo‘lgan va 419 dan ziyod kishi jarohatlangan.

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi jarohat olganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmaganini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring