Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherali Jo‘rayev. «O‘zbegim»ning yaralish tarixi

Sherali Jo‘rayev. «O‘zbegim»ning yaralish tarixi

"Onaginam..." Aka-ukalar Halim, Zokir, Sherali, Salim Jo‘rayev.

Mashhurlar bilan bog‘liq voqealarning talqini turlicha bo‘ladi. Og‘izdan-og‘izga ko‘chish asnosida, hikoyachining mahorati, fantaziyasiga qarab, tafsilotlar ham o‘zgarib boradi. Mana shu voqeaning ham internetda boshqacha talqinlarini o‘qidim, aytish kerak, ular ham juda chiroyli. Ayniqsa, Sherali aka she’rni oq ko‘ylagiga yozib olgan joyi juda ta’sirli chiqqan. Lekin men bu hikoyani hofizning o‘zidan qanday eshitgan bo‘lsam shundayligicha yozdim. Ozgina jilo berib, nuqta-vergulini to‘g‘riladim, xolos. O‘qiganlarga ma’qul kelsa, xursand bo‘laman.

«...Toshkentda talabaman. Studentning hayotini bilasiz, bir kun och, bir kun tӯq. Chӯntakka bir oz baraka kirsin, deb tӯylargayam chiqib turamiz. Shunday tӯylarning birida shu mahallalik bir vrach kishi, yosh shoir Erkin Vohidovning yangi she’ri deb, «Ӯzbegim»ni ӯqidi (Ajabo! U paytlardagi tӯylarda she’rxonliklar ham bӯlarkan-da!)

She’rni eshitdimu halovatim yӯqoldi. Shu she’rni menga yozib bering, ashula qilaman, deb boyagi odamga chippa yopishvoldim. Lekin u, she’r hali matbuotda chiqmagan, u-bu deb, hech bergisi kelmaydi-da. Menam qo‘ymadim. Oxiri, yozib berishga qog‘oz yӯq, deb bahona qildi. Ӯsha paytlarda tӯylarda stolning ustiga dasturxon ӯrniga qalin, sarg‘ish qog‘oz yozishardi. Ӯsha qog‘ozdan kattagina parchasini shart yirtdim-da, mana qog‘oz, dedim. Ilojsiz yozib berdi. O‘sha zahoti tӯg‘ri neft texnikumining yotoqxonasiga piyoda jӯnadim. U yerda qӯqonlik og‘aynilarim turishardi.

Mutolaa.

Yarim kecha... Yӯlda  ketyapmanu xayolimga o‘z-o‘zidan ashulaning kuyi kelyapti. Yotoqxonaga kirib, o‘rtoqlarim bilan kӯrishar-kӯrishmas, menga bitta rubob topib beringlar, dedim. Rubob obkelishdi. Shunday krovatga ӯtirdim-u, yӯl bӯyi kӯnglimda pishirib kelgan ashulani aytdim. (Shu joyida Sherali aka, «bu ashulaning birinchi eshituvchilari ӯsha qӯqonlik ballar («ballar» sӯzini sof qӯqonchasiga aytadilar), sizning «zemlyak»laringiz bӯlgan», deb kuladilar).

«O‘zbegim»ni birinchi marta katta davrada aytishim ham qiziq bӯlgan.

Oradan uch-to‘rt kun ӯtib, Eski shaharga tӯyga borib qoldik. Kunduz kuni edi. Boshida menga navbat bermay turishdi. U vaqtlar tӯylarda ashula aytilayotganda dasturxonga ovqat tortilmas edi. Lekin tӯyning boshqaruvchisi menga ayni osh tarqatilayotganda navbat berdi. Ӯsha yerdagi ashulachilarning torini sӯrab olib ӯrtaga chiqdim. Chiqdim-u, «Tarixingdur ming asrl-a-a-a-r», deb nihoyatda baland pardada boshladim. Osh tarqatayotgan ӯspirinlar, yigitlar qӯlida lagani bilan turgan joyida qotib qolishdi. Osh yeyayotganlar ham tӯxtadi. Ӯzim-chi, ӯzim?! Ashulani aytyapman-u, xoh ishoning-xoh ishonmang, yerdan bir yarim-ikki metr kӯtarilib, xuddi havoda muallaq turgandayman.

Yodingdamu yoshligimiz...

Ashulani tugatganimdan keyin hamma uch-to‘rt sekundcha ji-im  turdi-da, keyin birdaniga qiyqiriq bӯp ketdi. Ochig‘i, nima qilib qӯydim ekan, deb o‘zim ham chӯchib ketdim. Ashulachilarga torini tutqazdim-u kӯchaga qarab yugurdim. Ana shunaqa bӯlgan bu ashulaning tarixi», deb hikoyasini yakunlaydi hofiz.

Men esa Sher aka ӯshanda bu qadar qiyqiriq, xitoblarga sabab bӯladigan nima qilib qӯygan ekanlar, deb ӯyga chӯmaman. Va javobiniyam topgandek bӯlaman: Sherali aka Xudo bergan iste’dodi, savqi tabiiysi bilan bitta eshitgandayoq zo‘r she’rning qudratini his qilib, uni odamlarning jon tomirlarini jimirlatib yuboradigan darajadagi o‘lmas qӯshiqqa aylantirib qӯygan edi ӯshanda. Shu bois, mana, ellik yil bo‘lyaptiki, har gal «Ӯzbegim» yangraganida ӯsha xitoblar, ӯsha olqishlar qayta-qayta avjga chiqaveradi.

Bir qo‘shiq kuylayki...» kitobidan)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring