Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi san’at maktabiga Sherali Jo‘rayev nomi beriladi

Andijondagi san’at maktabiga Sherali Jo‘rayev nomi beriladi

Prezident jamoatchilik bilan bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda o‘zbek qo‘shiqchilik san’ati rivojida o‘chmas iz qoldirgan O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti, Alisher Navoiy mukofoti sovrindori, mashhur hofiz Sherali Jo‘rayev nomi alohida hurmat bilan esga olinishini ta’kidladi.

Davlat rahbari, shuningdek, Andijon shahridagi san’at maktabiga Sherali Jo‘rayev nomini berish taklifini ilgari surdi.

«Bu maktab Musiqa va san’at kollejiga aylantirilib, grant asosida zamonaviy kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Yangi o‘quv va turar joy binosi, zarur infratuzilma ob’yektlari barpo etiladi, shuningdek, Sherali Jo‘rayev byusti o‘rnatiladi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring