Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shifokorlarga qo‘l ko‘targan shaxs qamoqqa olindi

Shifokorlarga qo‘l ko‘targan shaxs qamoqqa olindi

Foto: SSV

Samarqandda shifokorlar kaltaklangani haqida xabar bergandik.

Aniqlanishicha, joriy yilning 15 iyul kuni soat tahminan 22:30 da  Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani «Zarbdor» oilaviy shifokorlik punktida joylashgan tez tibbiy yordam bo‘limiga tumanning «Qo‘shquduq» mahallasida yashovchi fuqaro X.M. mast holda keladi va 22 yoshli o‘g‘li M.J. betob ekanligini aytib, shu kuni o‘z navbatchiligini o‘tayotgan shifokor T.F. va feldsher N.I.lardan tezda uning yashash manziliga borishni aytadi. Biroq bemor manziliga otlangan tibbiyot xodimlari birinchi yordam qutisini olishga ulgurmasdan telefon orqali boshqa bir manzildan chaqiruv bo‘ladi.

Navbatchi feldsher N.I. telefon orqali chaqiruvni rasmiylashtirish vaqtida fuqaro  X.M. betoqatlik bilan feldsher N.Ini haqoratlab, unga qo‘l ko‘taradi. So‘ng kaltaklangan feldsherni ish joyida qoldirib, shifokor T.F.ni mashinasiga o‘tirishga majburlaydi. Yashash manziliga borgach, humoridan chiqmagan fuqaro arzimagan bahonalar bilan shifokorni ham haqorat qila boshlaydi. Bunga ham qanoat qilmagan «mushtumzo‘r» tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori T.F.ni xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtda ayovsiz kaltaklaydi.

Shundan so‘ng shifokor T.F. zudlik bilan Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasining travmatologiya bo‘limiga olib kelingan.

Tibbiy tekshiruv davomida 1988 yilda tug‘ilgan shifokor T.F.ga bosh miya jarohati, jumladan, bosh miya chayqalishi, pastki lab ichki yuzasida urib yirtilishi hamda ko‘krak qafasi yumshoq to‘qmalarining lat yeyishi tashxisi qo‘yilgan. Ayni paytda unga shifokorlar tomonidan statsionar sharoitda zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, 1978 yilda tug‘ilgan navbatchi feldsher N.I.ga burun suyagining yopiq sinishi kabi jarohatlar bilan tuman tibbiyot birlashmasida tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Tibbiyot xodimlariga tajovuz qilgan fuqaro X.M. ga nisbatan esa qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi va hozirda mazkur holat yuzasidan tuman huquq tartibot idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, joriy yil 1 mart kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali tez tibbiy yordam shifokori X.M.ga xizmat vaqtida fuqaro D.O. tomonidan qilingan tajovuz uchun 2021 yil 16 martdagi sud hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasining tegishli qismi bilan 5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan va hozirda fuqaro D.O. jazo muddatini o‘tamoqda, deb yozadi SSV.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring