Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shoiraxon Egamova O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Shoiraxon Egamova O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Foto: Xabar.uz

Andijonga kelin bo‘lib tushgan Shoiraxon Egamova 30 yildan buyon fuqaroligi bo‘lmagan shaxs maqomida yashayotgani, pasporti yo‘qligi uchun 10 yildan beri bor-yo‘g‘i 100 km narida, Qirg‘izistonda yashovchi keksa onasini ko‘rgani bora olmasligi haqida Senat raisi Tanzila Norboyevaga murojaat qilgandi.

Qayd etilishicha, mazkur murojaat Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingan va o‘rganishlar olib borilgan.

Natijada, 2021-yilning 11-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq Shoiraxon Egamova O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida qabul qilindi va tez kunda fuqarolik pasportiga ega bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring