Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

SSV aholiga eslatma bilan chiqdi

SSV aholiga eslatma bilan chiqdi

Foto: «Xabar.uz»

Koronavirus pandemiyasi hali to‘liq chekinmaganini hisobga olib, yurtimiz aholisining kasallikka qarshi immunitetini oshirish maqsadida har bir fuqaro buster doza bilan emlanishi lozim.

Qayd etilishicha, buster doza koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlangan fuqarolarning immunitetini mustahkamlash maqsadida 6 oydan so‘ng yana qaytadan oladigan bir dozalik vaksina hisoblanadi.

Fuqaro emlash punktida buster dozani vaksinaning har qanday turidan foydalangan holda olishi mumkin. Ya’ni u avval qabul qilingan vaksina bilan bir xil turda bo‘lishi shart emas.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 3 ming 134 ta koronavirusga qarshi emlash punkti hamda 862 ta harakatdagi brigada faoliyat ko‘rsatmoqda. Buster doza olmoqchi bo‘lgan aholi vakillari yurtimizdagi barcha davolash-profilaktika muassasalarining emlash punktlariga murojaat qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 29 aprel sanasiga qadar mamlakatimiz  bo‘ylab COVID-19ga qarshi 3-bosqich va buster doza bilan emlash ko‘rsatkichi 15 million 278 ming 173 dozani tashkil qildi.

Buster doza olganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar emlash.uz platformasi orqali bazaga kiritilgach, fuqaroning emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatida o‘z aksini topadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda mamlakatimizda AstraZeneca, ZF-UZ-VAC2001, Sputnik V, Moderna, Pfizer/BioNTech, Sinovac, Sputnik Lightdan iborat 7 turdagi 11,5 million doza vaksina zaxirasi mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring