Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sun’iy ravishda farzand ko‘rishga islom dinida munosabat qanday?

Sun’iy ravishda farzand ko‘rishga islom dinida munosabat qanday?

— Buyuk Britaniya shu paytgacha inson genomini sun’iy ravishda o‘zgartirish orqali uchta ota-onadan farzand dunyoga keltirishni qonuniylashtirgan yagona davlat edi. Ushbu davlat olimlarining aytishicha, bu amaliyot bolalarning irsiy kasalliklar bilan tug‘ilishining oldini olish uchun qilinar ekan. Yaqinda OAV Meksika va Ukrainada ham bu borada tajribalar o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Shu holatga shariatimiz nuqtai nazaridan izoh bersangiz.

— Bu narsa dinimizda aniq belgilab qo‘yilgan. Bola faqat ota-onadan dunyoga kelishi kerak. Uchinchi kishiga ehtiyoj yo‘q. Begonaning farzand bino bo‘lishidagi ishtirokiga mutlaqo ruxsat yo‘q.

Ayol kishi faqat o‘zining shar’iy nikohdagi eridangina farzand ko‘rishi mumkin.

Shariatda kerakli bilimni egallashda aslo tortinmaslik lozim. Shu bois o‘quvchilarimizga yana bir masala xususida ham aytib o‘tsak.

Bugungi tibbiyotda sun’iy urchitish amaliyoti qo‘llanilmoqda. Bu haqda dinimizda aniq ko‘rsatma berilgan. Musulmonlar bu usuldan foydalanishlari joiz, faqat bir shart bilan: shar’iy nikohdagi er va xotin ishtirokida amalga oshirilmog‘i lozim.


Savolga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari, shayx Abdulaziz Mansur javob berdi.

«Ma’naviy hayot» jurnalidan olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring