Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryo hokimi: «Vahimaga o‘rin yo‘q»

Surxondaryo hokimi: «Vahimaga o‘rin yo‘q»

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov To‘palang suv omboriga borib, u yerdan turib aholiga murojaat qilgan va vahima qilmaslikni so‘ragan.

«Ertalabki holat To‘palang suv omboridagi GESda yuz bergan. GESga suv kiradigan qismda ozgina nosozliklar bo‘lgan, ozroq toshqin bo‘lgan. Lekin hozirgi paytda bu barqaror ishlab turibdi, suv omborida hech qanday talafot yo‘q», degan hokim.

Hokimning aytishicha, bugun voqea joyida tegishli komissiya ishlayapti, qisqa vaqtda hamma nosozlik bartaraf etiladi. Bobolovning fuqarolardan vahima qilmaslikni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq To‘palang GESdan suv toshayotgani haqida videolar tarqalgan, FVV buni tasdiqlagandi. Keyinroq GES rahbari ham tezkor bayonot bergan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring