Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda maktabgacha ta’lim boshqarmasi rahbari almashdi

Surxondaryoda maktabgacha ta’lim boshqarmasi rahbari almashdi

Xolliyeva Shohida Boymatovna Surxondaryo viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda  Diyor24.uz xabar berdi. 

U tayinlovga qadar Termiz shahridagi «Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi» direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Sh.Xolliyeva 1971-yilda Termiz tumanida tug‘ilgan. Termiz davlat universitetini boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Termiz shahrida maktab direktori o‘rinbosari, maktab direktori, Termiz tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri lavozimlarda ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring