Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda rahbar yer maydonini 4 kishiga sotib yubordi

Surxondaryoda rahbar yer maydonini 4 kishiga sotib yubordi

Foto: Prokuratura departamenti.

Surxondaryo viloyatida 32 sotix sug‘oriladigan yer maydonini 4 nafar fuqaroga sotgan shaxs aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sho‘rchi tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda “T.B.” fermer xo‘jaligining sobiq rahbari O.O. xo‘jalikning sug‘oriladigan yer maydonining 38 sotix yer maydonini 4 nafar fuqaroga 190 mln so‘m va 12 000 AQSh dollariga firibgarlik yo‘li bilan sotib yuborganligi, shuningdek fuqarolar tomonidan ushbu yer maydonida noqonuniy ravishda uy-joy qurilish ishlari olib borilayotganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) hamda 229-1-moddasi (yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring