Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv toshqinidan talafot ko‘rgan bolalar bog‘chasi qayta tiklandi

Suv toshqinidan talafot ko‘rgan bolalar bog‘chasi qayta tiklandi

Foto: Maktabgacha ta’lim boshqarmasi

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani «Navbahor» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Sardoba suv toshqinidan talafot ko‘rgan 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti buxorolik quruvchilar tomonidan kapital ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi, deya xabar berdi Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati.

Muassasada barcha qulayliklar yaratilib, zamon talablari darajasidagi bolalar mebellari, turli o‘yinchoqlar, o‘zbek va jahon xalqlari ertak kitoblari, musiqa cholg‘u asboblari, sport va boshqa zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlandi.

Qayta faoliyatini boshlagan ushbu MTTda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 175 nafar bolajon yosh toifasiga qarab 7 ta guruhga bo‘lindi. Ularga 42 nafar malakali mutaxassislar ta’lim-tarbiya berish bilan birga, rus va ingliz tillari, musiqa, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya va boshqa to‘garaklari ham tashkil etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring