Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanasidan 16 ta igna topilgan bolakay hozir qanday holatda?

Tanasidan 16 ta igna topilgan bolakay hozir qanday holatda?

Foto: «Uza.uz»

Toshloq tumanilik 9 oylik chaqaloq Azizbek Abdumajidovning tanasida o‘tgan yili igna topilgani va bir necha jarrohlik amaliyoti bilan uning hayoti saqlab qolinganidan ko‘pchilik xabardor.

Xo‘sh, bugungi kunda uning sog‘ligi qanday, bu oila qanday sharoitda yashamoqda?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi K. Kavlonova «Mehnatobod» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Azimjon Xudoyberdiyevlar oilasida bo‘ldi. Hozir Azizbek 2 yoshu 3 oylik, uning ahvoli qoniqarli, doimiy ravishda mutaxassislar nazoratida. Katta dard bilan olishgan bu bolani mahalladagilar «O‘lmasbek», «Xislatbek» deb atashadi.

–Bu chaqaloqning tanasidagi ignalar haqida ijtimoiiy tarmoqlarda turli mish-mishlar va shov-shuvlar keng tarqaldi, – deydi K. Kavlonova. –Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilib, bu qasddan qilinmaganligi, jinoyat alomati topilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Ehtiyotsizlik oqibatida ignalarni chaqaloqning o‘zi yutgan. Shuning uchun ham ayollarimiz bola tarbiyasiga hech qachon e’tiborsiz bo‘lmasliklari kerak.

Go‘dakning tanasida qolgan yana 4 dona ignani ham olib tashlash rejalashtirilmoqda. Ignalarning ikkitasi bo‘yinning 5-,6-,7- umurtqalari to‘g‘risida, bittasi 3- va 4- ko‘krak umurtqalari ro‘parasida yana bittasi 1- va 2- qovurg‘alar orasida joylashgan.

–Bir yil bo‘lyapti yangi uyga ko‘chib o‘tdik, – deydi Azizbekning onasi Shohsanam. – Bolamiz bilan ovora bo‘lib, uyimizning qurilishi ham chala qolgandi. Tuman hokimligi va sektor rahbarlari bizga bu borada madad qo‘lini cho‘zdi. Eshik va romlar o‘rnatish, suvoq, asfalt yotqizish ishlarida yordam berdi. Hatto issiqxona ham qurib berishdi, hozir bu yerda bodringlar pishdi. Uni sotib, ro‘zg‘orimizni tebratmqodamiz. Mahalla bolamga nafaqa puli beryapti. O‘g‘lim Azizbekni injiqliklari ham ancha kamaydi. Yaqinda Toshkentga tibbiy ko‘rikka borib keldik. Biroz harakatga kelib olgandan so‘ng, navbatdagi jarrohlik amaliyoti amalga oshirilar ekan.

Komilaxonning aytishicha, bu oilaga tuman hokimligi tomonidan doimo amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Oila boshlig‘i Azimjon Xudoyberdiyev shu yerdagi fermer xo‘jaligida mehnat qilmoqda.

M. SULAYMONOV, M. QODIROV (surat), O‘zA

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring