Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezidentning navbatdagi tashrifi, Samarqanddagi mungli motam, miqdori kamaygan oltin-valyuta zaxiramiz, bir kishiga 200 kg. «metallolom» va boshqa xabarlar

Prezidentning navbatdagi tashrifi, Samarqanddagi mungli motam, miqdori kamaygan oltin-valyuta zaxiramiz, bir kishiga 200 kg. «metallolom» va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 17-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Samarqandga tashrif

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga yo‘l oldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi.

Tashrifning birinchi kunida viloyat faollari bilan yig‘ilish o‘tkaziladi

Davlat rahbari 2017-yil aprel va noyabrda ham bu yerga kelib, viloyatni har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy ob’yektlar qurish bo‘yicha ko‘plab vazifalar qo‘ygan edi. Tashrif doirasida ana shu vazifalar ijrosi tahlil qilinadi, yangilari belgilab beriladi.

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoyev har bir hududga tashrifi chog‘ida avvalo o‘sha joydagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qiladi. Samarqandga har safar kelganida Imom Buxoriy majmuasiga boradi.

Shavkat Mirziyoyev: «Oqdaryo tumanini paxtadan ozod qildik»

Shavkat Mirziyoyev Oqdaryo tumaniga tashrif buyurib, «Daromad baxt omad» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan issiqxona bilan tanishdi.

Samarqandda Soya yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi tuziladi

Samarqand viloyatida parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish, meva-sabzavot yetishtirish va eksport qilishni ko‘paytirish loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev tikuvchilik fabrikasida bo‘ldi

Eng muhimi, korxona mahsulotlarining bozori aniq. Rossiyaning «OODJI» kompaniyasi bilan shartnoma imzolangan. Eksport geografiyasini kengaytirish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev: «Xitoyda 8 sotix yeri bor odam badavlat hisoblanadi»

Yetmish yoshdan oshgan Toshquvvat otaning tomorqasini ko‘rgan odamning havasi keladi. Hamma joy saranjom-sarishta. Mevali daraxtlar, meva-sabzavotlar ekilgan. Mo‘’jazgina issiqxona tashkil etilgan.

Shavkat Mirziyoyev mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazmoqda

Bugun Samarqandda qariyb 107 ming odam ishsiz ekani, bu masalani hal etish uchun mavjud rezervlar va imkoniyatlarni to‘liq ishga solish hisobiga 120 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yilgani ta’kidlandi.


Komilov va Lavrov Afg‘oniston va «Tolibon» masalasini muhokama qildilar

Vazirlar tomonidan Toshkent forumiga tayyorgarlik jarayoni, mazmuniy qismi, uning yakuniy hujjati loyihasi va Afg‘oniston muammosini siyosiy hal qilish choralarini topish masalasi bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Iqtisodiyot

Naqd xorijiy valyutani qabul qilish haqidagi nizomga o‘zgartishlar kiritildi

Bundan tashqari, endilikda tovar (ish, xizmat)lar uchun to‘lovlarni AQSh dollari, ingliz funt sterlingi, yevro, shveysariya franki, yapon iyenasidan tashqari tijorat banklari o‘z ixtiyoriga ko‘ra boshqa valyutalarni ham qabul qilishlari mumkin.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oy ichida 438 mln. dollarga kamaydi

Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat. Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Jamiyat

«Xabar.uz» surishtiruvi: 23 yoshli o‘qituvchining o‘limida kim aybdor?

Faqat ko‘cha tozalatishsa, supurtirishsa, to‘siqlarni oqlatishsa ham mayli edi, endi hokimlar o‘zini ko‘rsatishning yangi-yangi usullarini o‘ylab topishayapti: prezident o‘tadigan yo‘llar yoqasida soxta issiqxonalar va tok ishkomlarini ham qilishayapti. Ularning prezident o‘tib ketishi bilan yig‘ishtirib olinishini ham, bu «issiqxonalar»da bir dona ko‘kat ko‘karmasligini ham hamma biladi.

Prezident matbuot kotibi Samarqanddagi fojia sabablari o‘rganilayotganini ma’lum qildi

«Xabar.uz»ning Samarqanddagi maxsus muxbiri Karimberdi To‘ramurod Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 42-maktabning mehnat ta’limi o‘qituvchisi, 23 yoshli Diana Yenekeyevaning o‘limiga sabab bo‘lgan hodisani o‘rgandi va fojia O‘zbekiston Prezidentining tashrifi munosabati bilan ixtiyoriy-majburiy jamoat ishlariga jalb qilinganda ro‘y berganini aniqladi.

Namanganning Pop tumani tarixi hazrati Bob Farg‘oniyga borib taqaladi

Hazrati Bob Farg‘oniy umrining so‘nggi yillarini o‘ziga nisbat berilgan Bob mavzesida o‘tkazgan va shu yerda vafot etgan. Hozirda bu joy Pop tumanining markazi sanaladi.

Senat majlisi yaqin. Unda DXX, to‘ylar va 500 so‘mlik tangalar masalalari ko‘rib chiqiladi

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqiladi.

Yana metallolom muammosi: Farg‘ona tumanida har bir o‘qituvchi 200 kilogramm temir-tersak topshirishga majburlanmoqda

Har bir kilogramm uchun ming so‘mdan olinar ekan. 200 ming so‘m degani bu. Eng boylarimizga ham shunisi og‘ir kelayapti-da. O‘zi maoshimizni arang yetkazamiz, bunisi endi Navro‘z bayrami arafasida biz uchun kutilmagan «sovg‘a» bo‘ldi.

Sport

O‘zbekiston professional boks federatsiyasiga raddiya

Tahririyatimizga O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan ushbu tashkilotga raddiya keldi. Quyida uni e’tiboringizga havola qilamiz.

Hamon kuchli 75 talikdamiz! FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi

Kuchli uchlikdan Germaniya, Braziliya va Portugaliya terma jamoalari o‘rin olishgan.

Dunyo

Hillari Klinton shifoxonaga tushib qoldi

«Goyal Hospital» xususiy klinikasi xodimining aytishicha, 70 yoshli siyosatchiga Rojaston shtatining Jodxpur shahrida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Timoshenko Ukraina prezidentligiga nomzodlar orasida yetakchilik qilmoqda

«Bizda Timoshenko so‘rovda 11,2 foiz ovoz to‘plab yetakchilik qilayotgani haqida ma’lumot bor. Poroshenko esa 9,4 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinda», — deya ma’lumot bergan Antipovich.

Suriya: urushning yetti yili

Shundan so‘ng oila o‘z uyini tashlab qo‘shni Livanga ketdi. Ular urush tufayli o‘z uyidan ayrilgan suriyalik 5 million qochqindan biriga aylanishdi.

Si Szinpin davlat rahbari lavozimiga qayta saylandi

Si Szinpin 2013-yilning martida Xalq vakillari Umumxitoy majlisining 12-chaqirig‘i sessiyasida XXR raisi etib saylangan edi.

Tavsiya qilamiz

«O‘saman desang, aytganimni qil!»

— To‘xta, sen bunaqa mavzularda yozma. Endi-i... ijtimoiy mavzular to‘lib yotibdi, — dedi tanishim va davom etdi. — Yaxshisi, o‘zgarishlar haqida yoz. Masalan, falon zavodning ochilgani haqida yoz. — Qishlog‘imda hech bir yangilik yo‘q-ku, — dedi yigitcha soddalarcha. — Ey bola, qishlog‘ingning bunga aloqasi yo‘q. O‘sishni istasang, yaxshi narsalarni yozgin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring