Texnikum o‘qituvchilari 200 foizgacha ustama olishi mumkin
Texnikum o‘qituvchilari va xodimlariga 200 foizgacha ustama to‘lanadi. Hukumatning 2026-yil 11-fevraldagi VMQ-51-son qarori bilan xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar xodimlarining mehnatiga haq to‘lashning yangi tartibi tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq quyidagi yangiliklar joriy etildi.
100 foizlik ustama:
Xalqaro ta’lim dasturlariga jalb qilingan direktorlar, bosh buxgalterlar, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga har oylik majburiy 100 foizlik ustama belgilandi.
Rag‘batlantirish jamg‘armasi:
Texnikumlarda mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 50 foizi miqdorida maxsus rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Natijaga qarab mukofot:
Yuqori reyting ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan pedagog xodimlarga bazaviy stavkasiga nisbatan 200 foizgacha qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lanadi.
Texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlarini o‘qitishga jalb etilgan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga rag‘batlantirish miqdorini belgilash bo‘yicha texnikumda doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh tuziladi.
Ishchi guruhlarning qarori ochiq ovoz berish orqali ishchi guruhlar yig‘ilishlarida ishtirok etayotgan a’zolarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va ishchi guruhlar rahbarlari tomonidan tasdiqlangan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter