Tog‘li hududlarda qor yog‘ishi mumkin. Kunduzgi ob-havo ma’lumoti

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ertalab beqaror ob-havo saqlanib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 5-10° iliq, shimolda 10-15° iliq atrofida bo‘ladi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-7° iliq atrofida bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin.
Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2° sovuq-3° iliqni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter