Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘g‘ri ovqatlanishni bilamizmi? Mavzu yuzasidagi eng muhim savollarga mutaxassisning javoblari (video)

Hayot va mehnat tarzimizning faolligi, salomatligimiz ko‘p jihatdan qanday ovqatlanayotganimizga bog‘liq. O‘zimizni lohas his qilsak, boshimiz tinimsiz og‘risa, oshqozonimiz tez-tez bezovta bo‘lsa, ozib yoki semirib keta boshlasak, bu ovqatlanish tartibimizni o‘zgartirishimiz kerakligini anglatuvchi qo‘ng‘iroqdir.

Ovqatlanish — bu duch kelganini paqqos tushirish degani emas. Uning ham o‘z ili, tartibi bor. Masalan, ayni paytda ko‘pchilik kuniga uch marta ovqatlanish kerak deb hisoblaydi. Ammo mutaxassislarning aytishicha, odamlarning necha marta ovqatlanishi, ovqatning kaloriyaliligi ular bajaradigan mehnatning og‘ir-yengilligiga, ya’ni energiyaning qay darajada sarf bo‘lishiga muvofiq kelishi kerak. Og‘ir jismoniy ish bilan band bo‘lgan kishilarga nonushtaga sutkalik ovqat kaloriyaliligining 25-30 foizi, tushki ovqatga 45-50 foiz va kechki ovqatga taxminan 25 foizi ajratiladi. Aqliy va jismoniy mehnat bilan band bo‘lgan kishilar uchun ham sutkalik ovqat ratsionining kaloriyaliligi shunday prinsipda taqsimlanadi.

Kunlik ovqatlanish quvvati, odamning kunlik sarflaydigan energisiga mos kelishi sog‘lom ovqatlanishning muhim jihati hisoblanadi. Biz ko‘p xollarda sarf qilinadigan energiyaga qaraganda, ovqat orqali ko‘proq energiya qabul qilamiz. Tarkibida yog‘, qand miqdori ko‘p bo‘lgan, o‘ta kaloriyali oziq-ovqat mahsulotlaring ko‘proq iste’mol qilamiz. Hayot tarzimizdagi bu nuqsonlar semizlik, diabet, qon bosimining ko‘tarilishi, atereoskleroz, insult, infarkt va shu kabi bir qancha yurak-qon tomir kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan loyihamizning navbatdagi mavzusi aynan sog‘lom ovqatlanish masalasiga bag‘ishlanadi. Tibbiyot fanlari doktori, Toshkent tibbiyot akademiyasi bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi professori Guli Shayxova bu borada o‘quvchilarimizdan tushgan savollarga batafsil javob beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring