Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tojikiston Ichki ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Tojikiston Ichki ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Foto: tjk.rus4all.ru

Bugun Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi. Bu haqda IIV rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tashrif doirasida «Hayatt Regency Tashkent» mehmonxonasining konferensiyalar zalida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor Po‘lat Bobojonov va Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri militsiya general-polkovnigi Ramazon Xamro Raximzoda bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda terrorizm, ekstremizmning turli ko‘rinishlari, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosiga qarshi kurashish, tezkor axborot almashishni faollashtirish yuzasidan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring