Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahrida kontrafakt disklar savdosiga chek qo‘yildi

Toshkent shahrida kontrafakt disklar savdosiga chek qo‘yildi

Foto: Toshkent shahar DSB matbuot xizmati

Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi profilaktik tadbirlar davomida Bektemir tumani «Qo‘yliq dehqon bozori» hududida fuqaro Eshonqul Dilmurodov (ism va familiyalar o‘zgartirilgan) belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmasdan savdo faoliyatini amalga oshirayotgani aniqlandi. Natijada 287 dona umumiy qiymati 1 mln. 435 ming so‘mlik sifatsiz, litsenziyalanmagan, kontrafakt DVD va SD disklar daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi xabar berdi. 

Yana bir fuqaro Boymurat Eshmatovning ham noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Hech qanday hujjatsiz disk mahsulotlari bilan savdo qilayotgan soxta tadbirkordan 263 dona, umumiy qiymati 1 mln. 315 ming so‘mlik mahsulotlar daliliy ashyo sifatida olindi.

Yashnobod tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda fuqaro Ne’matulla Boltayev tomonidan «Aviasozlar dehqon bozori» yonida jami 350 dona umumiy bahosi 1 mln. 750 ming so‘mlik kontrafakt disklar noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilganligi aniqlandi.

Hech qanday hujjatlarsiz savdo qilayotgan yana bir fuqaro Salohiddin Roziqovdan umumiy bahosi 3 mln. 280 ming so‘mlik 656 dona kontrafakt disk mahsulotlari vaqtincha olib qo‘yildi. Ushbu fuqaro ham o‘z moddiy manfaatini ustun qo‘yib, noqonuniy savdo faoliyatiga voyaga yetmagan yoshlarni jalb qilgan. Ya’ni, endigina 14 yoshga to‘lgan jiyanining qo‘liga kitob berib, jamiyat hayotida ilm olishdek muhim vazifani bajarishga ko‘maklashish o‘rniga kontrafakt disklar savdosi bilan band qilib, cho‘ntakni to‘ldirish bilan ovora bo‘layotgani achinarli hol, albatta.

Joriy yilning o‘tgan davrida davlat soliq xizmati organlari tomonidan respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 260 holatda 94 ming dona umumiy qiymati 376 mln. so‘mlik litsenziyalanmagan, kontrafakt tarzda ko‘paytirilgan DVD va SD disklar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Qalbaki va kontrafakt mahsulotlari savdosining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar Shayxontohur tumanida ham o‘tkazildi.

- «Eski juva dehqon bozori» hududida o‘tkazilgan tadbirlar davomida 8 nafar fuqaro tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlanib, ulardan jami 1824 dona umumiy qiymati 7 mln. 365 ming so‘mlik DVD disklar daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qo‘yildi, - deydi Davlat soliq qo‘mitasi davlat soliq katta inspektori Jamshid Mamarajabov. – Bu ham yetmaganiday, ushbu disklar orqali tarqatilayotgan video va audio mahsulotlar xaridorga sotishdan avval yana bir bor ko‘zdan kechirib olish uchun sotuvchida qurilmalar mavjud emasligi va bu esa ular sotayotgan mahsulotni faqat suratiga qarab, ishonchsiz mahsulotlarning xarid qilinishiga sabab bo‘lmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring