Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyati IIBB : «Karantin qoidalarini buzish holatlari 36 mingdan oshdi»

Toshkent viloyati IIBB : «Karantin qoidalarini buzish holatlari 36 mingdan oshdi»

Foto: Toshkent viloyati IIB

Hozirgi kunda Toshkent viloyati IIBB tomonidan infeksiya tarqalishining oldini olish, fuqarolar xavfsizligi va eng asosiysi ularning salomatligini asrash yuzasidan kuchaytirilgan karantin tadbirlari joriy qilingan.

«Qizil» toifaga kiritilgan hududlar qat’iy nazoratga olingan.

Viloyat IIBB matbuot xizmatiga ko‘ra, karantin tadbirlariga viloyat IIBBning 1 ming 500 nafar xodimlari jalb qilingan bo‘lib, tun-u kun xizmat olib bormoqda.

Kecha, 29-may kun olib borilgan tadbirlar va o‘tkazilayotgan reydlar davomida fuqarolar tomonidan karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq 1 400 ta holat qayd etildi va qonuniy chora ko‘rildi.

Shuningdek, 15 ta holatda karantin tadbirlarida xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik kuzatilgan bo‘lsa, 1 ming 655 nafar fuqaro rasmiy ogohlantirilgan.

Mazkur aniqlangan holatlar bo‘yicha 600 ga yaqini Angren, Olmaliq shaharlari va O‘rta Chirchiq tumanlariga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, karantin qoidalarini buzish holatlari tadbirlar boshidan bugungi kunga qadar 36 ming ortiq bo‘lsa, xodimlarning qonuniy talablarini bajarmaslik bilan bog‘liq 1 ming 800 dan ortiq holat aniqlangan. Ushbu aniqlangan holatlarning barchasiga qonuniy choralar ko‘rilgan. Viloyat bo‘yicha 104 mingdan ortiq fuqarolar rasmiy ogohlantirilgan.

Qoidabuzarliklarning 3 ming 500 tasi Angren shahriga to‘g‘ri kelsa, 7 ming 500 ortiq holatlar Yangiyo‘l va Qibray tumanlari hamda Olmaliq shaharlariga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring