Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida it urishtirish uchun maxsus joy tashkil qilganlar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida it urishtirish uchun maxsus joy tashkil qilganlar qo‘lga olindi

Foto: Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati

Joriy yil 26-yanvar kuni IIV JQBB va Zangiota tuman IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda  29 yoshli R.A. qonunga xilof ravishda  Zangiota tuman Nazarbek qo‘rg‘onida joylashgan qurilishi tamomlanmagan uyda it urishtirish uchun maxsus joy tashkil qilganligi aniqlangan. Shuningdek, 26 yoshli D.Q. 2000 AQSh dollari hamda R.A. 2.450 AQSh dollari va 500 ming so‘m miqdoridagi pullarni tikib, o‘zlariga tegishli bo‘lgan «Pitbul» zotdor itlari urishtirishini tashkil qilishgan, 49 yoshli A.Xni hakamlik qilish uchun jalb qilganlar.

Tadbir davomida A.X. dan qo‘l tarozisi va jami 4450 AQSh dollari va 500 ming so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Natijada Zangiota tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

A.R.ga nisbatan tegishli modda bilan ayb e’lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat quroli sifatida foydalanilgan itlar hozirda tuman IIB binosida saqlanmoqda. Itlarning kelgusida saqlash joyi va ularning egalariga nisbatan hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganliklari uchun javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda, deyiladi Tergov departamenti xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring