Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Lacetti» olib beraman deb tanishini 100 million so‘mga tushirgan «olg‘ir» ushlandi

«Lacetti» olib beraman deb tanishini 100 million so‘mga tushirgan «olg‘ir» ushlandi

2019-yil 23-iyul kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumani Ichki ishlar organlarini faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasidan tushgan hujjatlar to‘plamiga ko‘ra, shu yil 16-aprel kuni 40 yoshli A.N. 33 yoshli E.R.ga arzon «Lacetti» rusumli avtomashinasini olib berishni va’da qilgan.

So‘ng undan 103.200.000 so‘m pullarini olganligi va bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan. Natijada A.N. ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring