Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda mast holatda mashina haydagan fuqarolar ushlandi

Toshkentda mast holatda mashina haydagan fuqarolar ushlandi

Foto: «Guvd.uz»

Kecha, 7-yanvar kuni Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda yo‘l harakati qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘yilganlik holatlarini aniqlash borasida o‘tkazilgan tadbir davomida bir qator qoidabuzarlar aniqlandi.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB saytida xabar berilishicha, o‘tkazilgan tadbir jarayonida yo‘l harakati ishtirokchilari tomonidan jami 3045 ta qoidabuzarlik sodir etilgan. Shundan:

— mast holatda transport vositasini boshqarish — 20 ta;

— transport vositalarini hujjatsiz boshqarish — 14 ta;

— svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik — 81 ta;

— harakat davomida uyali telefondan foydalanish — 29 ta;

— odam tashish qoidalarini buzish — 320 ta;

— tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish — 261 ta;

— bo‘ysunmaslik — 4;

— xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik — 1298 ta.

Bundan tashqari, jami 65 ta transport vositasi jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlarning o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring