Toshkentda qizlarni Turkiyaga jo‘natayotgan shaxslar ushlandi
Toshkentda odam savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Ular ayollarni aldov yo‘li bilan Turkiyaga fohishalik uchun yuborishga uringan.
DXX Namangan boshqarmasi va IIB hamkorligida tezkor tadbirda yosh va turmushdan ajrashgan ayollarni Turkiyaga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.
Ular mazkur ayollarni Toshkent xalqaro aepoporti orqali Anqaraga fohishalik maqsadida jo‘natayotgan bo‘lgan. Jumladan, ular 2001-yilda tug‘ilgan qizning ishonchiga kirib, uni aldashga uringan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 135-moddasi 2-qismi (Odam savdosi) bo‘yicha ish ochilgan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter