Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid ochildi (foto)

Toshkentda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid ochildi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Chilonzor tumanidagi So‘galli ota ziyoratgohi yonida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qurilishini boshlatgan masjid uzoq yillar qarovsiz holda qolib ketgan edi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili fevral oyida bu yerga kelib, masjidni keng va ko‘rkam qilib qurish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun 2 gektardan ziyod maydonda ulkan majmua bunyod etildi. Avvalgi loyihadagi ayvon o‘rni ham masjid binosiga qo‘shilib, yanada kengaytirildi. Majmuadan, shuningdek, konferens-zal, o‘quv xonalari, tahorat xona, muzey va boshqalar joy olgan. Yo‘l bo‘yidagi So‘galli ota maqbarasi ta’mirlangan. Beton qoldiqlari chiqarib tashlanib, ko‘kalamzorlashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lumki, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy bo‘lgan. Turli diniy-ma’rifiy mavzularda yuzdan ziyod kitoblar yozib, islom dini mohiyatini to‘g‘ri yetkazish, odamlarning bilim va ma’naviyatini oshirishga katta hissa qo‘shgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Prezidentimiz bu masjid Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomiga munosib bo‘lganini ta’kidladi. Shayx hazratlarining ilmiy merosini o‘rganish, ma’rifat va odob-axloq mavzularida ko‘proq kitoblar chop etish, jamiyatimizdagi ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring