Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda sovuq suv narxi 24 aprelda oshdi, bu haqda bir kundan so‘ng xabar berildi

Toshkentda sovuq suv narxi 24 aprelda oshdi, bu haqda bir kundan so‘ng xabar berildi

Foto: «Google.com»

Toshkent shahrida sovuq suv narhi 24 apreldan e’tiboran oshdi. Bu haqda «Suvsoz» tomonidan bir kundan so‘ng rasmiy xabar berildi.

Tashkilot rasmiy saytida 25 aprelda berilgan xabarda shunday deyiladi:

«Toshkent shahar hokimining 2019 yil, 2 apreldagi №499 sonli qaroriga asosan Toshkent shahrida sovuq suv uchun quyidagi tarif o‘rnatiladi.

Toshkent shahar hokimining 2018 yilning 12 yanvardagi №69 sonli qaroriga asosan Toshkent shahrida sovuq suv yetkazib berish uchun 2018 yildagi tarifga nisbatan 1 metr kub uchun 100 so‘m miqdorida ustama haq qo‘shiladi» .

Xususiy uylarda:

Kanalizatsiya o‘tkazilgan uyda 1 metr kub uchun = 715 so‘m

Kanalizatsiya o‘tkazilmagan uyda 1 metr kub uchun = 380 so‘m.

Ko‘p qavatli uylarda:

Markazlashgan issiq suv ta’minoti bor uyda 1 metr kub = 1050 so‘m.

Markazlashgan issiq suv ta’minoti bo‘lmagan uyda bir metr kub = 715 so‘m.

Shuningdek kanalizatsiya o‘tkazilgan xususiy uylarda ichki vodoprovod, rakovina, unitaz, vanna (hammom) yoki ichki suv isitish tizimiga ega dush bo‘lgan taqdirda bir kishi uchun 1 maydan e’tiboran 10 116,43 so‘m to‘lanadi. Tarif ko‘tarilgunga qadar 8933,22 so‘m bo‘lgan. 2019 yilning aprel oyidan esa 9083,15 so‘m bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring