Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda zamonaviy yerosti chiqindi shohobchasi qurilishi boshlandi

Toshkentda zamonaviy yerosti chiqindi shohobchasi qurilishi boshlandi

Foto:«Maxsustrans» matbuot xizmati

3-may kuni Toshkent «Maxsustrans» davlat unitar korxonasi tomonidan Toshkent shahrining Shayhontohur tumanida yangi zamonaviy yer osti moduli qurilish ishlari boshlandi. Bu haqda korxona matbuot xizmati xabar berdi. 

Abdulla Qodiriy va Abay ko‘chalari kesishmasida qurilayotgan yengil turdagi chiqindi tashlash shohobchasi bugun butun dunyoda targ‘ib etilayotgan atrof-muhitni ifloslantirishning oldini olish bo‘yicha zamonaviy tajriba sanaladi.

Mazkur modul Toshkent shahrida uchinchisi bo‘lib, avvalroq bu kabi chiqindi tashlash shohobchalari Yashnobod va Yunusobod tumanlarida barpo etilgan.

Foto:«Maxsustrans» matbuot xizmati

«Maxsustrans» DUK tomonidan yil boshidan buyon Toshkent shahrida surunkali chiqindi to‘planadigan joylarga 200 dan ortiq 1100 va 770 litr hajmdagi maxsus qutilar qo‘yilgan. Bundan tashqari shahar bo‘ylab 120 litr hajmdagi plastmas qutilar o‘rnatishni reja qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring