Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Diqqat! Toshkentdagi bir qator ko‘chalarda mashina harakati to‘xtatiladi

Diqqat! Toshkentdagi bir qator ko‘chalarda mashina harakati to‘xtatiladi

Foto: «Zamin.uz»

Toshkent shahar IIBB YHXB bayram kunlari barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanishi rejalashtirilayotgan ko‘chalarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2018-yil 20-22-mart kunlari soat 06:00 dan 21:00 gacha quyidagi ko‘chalarda mashinalar harakati cheklanadi:

— Ko‘rgazma ko‘chasi — KXAY ko‘chasidan Korxoji ota ko‘chasiga qadar;

— Sandiqqo‘rg‘on 4-tor ko‘chasi — KXAY ko‘chasidan Korxoji ota ko‘chasiga qadar;

— Sandiqqo‘rg‘on 3-tor ko‘chasi — KXAY ko‘chasidan Korxoji ota 1-tor ko‘chasiga qadar;

— A.Po‘lat ko‘chasi — Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;

— Usta Shirin ko‘chasi — Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;

— Korxoji ota 1-tor ko‘chasi — Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;

— Korxoji ota ko‘chasi — Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;

— Labzak ko‘chasi — Qodiriy ko‘chasidan Zulfiyaxonim ko‘chasiga qadar;

— A.Qodiriy ko‘chasidan Labzak ko‘chasiga tushish yo‘li.

Shuningdek, 2018-yilning 20-22-mart kunlari bayram tadbirlari o‘tkaziladigan madaniyat va istiroxat bog‘lariga tutash ko‘chalarda xalq sayli vaqtida vaziyat taqozo etganda transport vositalarining qatnovi vaqtincha to‘xtatilishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring