Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi ko‘chalardan biri 20 kunga yopiladi

Toshkentdagi ko‘chalardan biri 20 kunga yopiladi

Foto: Veolia Energy

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari doirasida Yashnobod tumanidagi Aviasozlar ko‘chasida magistral issiq suv quvurlarini almashtirishni boshlaydi.

Ma’lum qilinishicha, ta’mirlash ishlari 11 iyul soat 08:00 dan 31 iyul soat 06:00 gacha davom etadi.

Shu munosabat bilan xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Aviasozlar ko‘chasining tegishli qismi avtotransport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Haydovchilarga oldindan harakat yo‘nalishini rejalashtirish hamda aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring